Navoiydagi JIEMda 60 nafar mahkumga nisbatan insonparvarlik tamoyili qoʻllanildi
Foto: Illustrativ surat
Inson ona zaminimizning yaratuvchanlikka qodir farzandi, botinida ezgulik va goʻzallikka oshno tuygʻular yashaydi. Afsuski, qusurlardan ham xoli emaski, baʼzan boshqalarning toʻgʻri yoʻlga boshlashiga, kechirishlariga muhtoj boʻladi. Navoiydagi JIEMda jazo muddatini oʻtagan sobiq mahkum Otabek Qobiljonovning hayoti bunga misoldir. U psixotrop moddalar va ichkilik qutqusi tufayli turli jinoyatlar sodir etib, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilgan edi. Jazoni ijro etish muassasasida johillikka koʻnikkan qoʻllar mehnatga, yaratuvchanlikka oʻrgandi. Fikrimizcha, qalbida ham ezgu hislar bosh koʻtardi.
— Jazoni ijro etish muassasasida novvoylik va sartaroshlik hunarlarini oʻrgandim, — deydi O. Qobiljonov. — Ushbu hunarlarga sertifikat ham berishdi. Nasib etsa, ozodlikka chiqqach, novvoyxona yoki sartaroshxona ochib, xalqimga xizmat qilaman.
Jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy shahar sudi tomonidan hududdagi 4-sonli jazoni ijro etish muassasasida oʻtkazilgan sayyor qabulda Otabek kabi oʻz qilmishidan toʻgʻri xulosa chiqargan 60 nafar mahkumga nisbatan insonparvarlik tamoyillarini qoʻllash masalasi koʻrib chiqildi.
— Ushbu sayyor sud majlisida JIEM maʼmuriyatining taqdimnomasi hamda mahkumlarning oilaviy ahvoli inobatga olinib, 11 nafariga nisbatan jazoni ijro etish yengilroq turga, 46 nafariga nisbatan esa manzilli muassasalarga oʻtkazishga qaror qilindi, — deydi jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy shahar sudi sudyasi Mehriddin Kamolov. — Uch nafar mahkumga nisbatan esa jazoni oʻtashdan shartli ravishda ozod qilish hukmi tayinlandi.
Tabiiyki, umr daftarini oppoq sahifadan boshlashdek ezgu istak har doim mahalla-koʻy va turli idoralar, jumladan, ish beruvchi korxonalar faoliyatining mutanosibligini talab qiladi. Shu bois shartli ozod etilganlarni doimiy yashash manzillarida jamiyat hayotiga tezroq moslashishtirish choralarini koʻrish tavsiya etildi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring