Navoiydagi standartga nomuvofiq radiatorlar ishlab chiqarayotgan korxona 60 mln soʻm jarimaga tortildi

15:29 10 May 2024 Iqtisodiyot
276 0

Foto: OʻzTTSAning Nazorat inspeksiyasi matbuot xizmati

Navoiy viloyatida tashqi koʻrinishi va tamgʻalanishi boʻyicha standart talabiga nomuvofiq boʻlgan bimetall isitish radiator mahsulotlari ishlab chiqarayotgan korxona aniqlandi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (OʻzTTSA) Nazorat inspeksiyasi Navoiy viloyati boʻlimi tomonidan Navoiy shahrida joylashgan “H.R.S” MCHJ da har xil turdagi bimetall isitish radiator mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga ixtisoslashgan korxonada nazorat tadbiri oʻtkazildi.

OʻzTTSAning Nazorat inspeksiyasi matbuot xizmati xabariga koʻra, tadbir davomida ushbu korxonada tashqi koʻrinishi va tamgʻalanishi boʻyicha standart talabiga nomuvofiq boʻlgan bimetall isitish radiatorlar ishlab chiqarilayotgani aniqlangan.

Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan qonunchilikka muvofiq ushbu korxonaga 60 mln soʻm moliyaviy jarima qoʻllash boʻyicha talabnoma kiritildi. Bundan tashqari, nomuvofiqligi mavjud mahsulotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda kamchiliklarni bartaraf qilish va mahsulot sotishni 10 kunga taqiqlash boʻyicha yozma koʻrsatma berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер