Navoiyda qariyb 20 ming dollar qalbaki pullarni sotmoqchi boʻlganlar ushlandi

11:42 22 Fevral 2026 Jamiyat
379 0

Videodan kadr

Navoiy shaharida qalbaki valyutalarning muomalaga kiritilishiga chek qoʻyildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, DXX va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Navoiy shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Turkiya davlatidan Qirgʻiz Respublikasi orqali mamlakatimizga olib kelingan qalbaki AQSH dollari savdosi bilan shugʻullanganlar qoʻlga olingan.

Jumladan, Namangan shahrida yashovchi, 1984-yilda tugʻilgan shaxs oʻzining jinoiy sherigi boʻlgan – 1972-yilda tugʻilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan, hozirda Toshkent shahrida yashovchi jizzaxlik fuqaro bilan oʻzaro til biriktirgan. Ular 100 AQSH dollari kupyuradagi, qalbaki 19 900 AQSH dollarini xaridorga 14 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlangan.

Hozirda oson boylik orttirishni koʻzlagan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер