Navoiyda psixotrop moddalar savdosi bilan shugʻullangan shaxs ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati Konimex tumani boʻlim xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro F.D. fuqaro Sh.X.ga 5 turdagi xorijda ishlab chiqarilgan jami 1 ming 200 dona tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalari mavjud boʻlgan vositalarni 6,9 million soʻmga sotgan vaqtida qoʻlga olingan.
Shundan soʻng, tezkor tadbir davom ettirilib, uning Toshkent shahri, Shayxontohur tumanidagi xonadonidan 16 quti 480 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring