Navoiyda noqonuniy baliq ovlaganlar tabiatga 680 mln soʻmdan ortiq zarar yetkazdi
Videodan kadr
Navoiy viloyatida ikki holatda noqonuniy baliq ovi ortidan hayvonot dunyosiga 680 million soʻmdan ortiq zarar yetkazildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim oʻzgarishlari milliy qoʻmitasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan Ichki ishlar, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda Navoiy viloyatida navbatdagi nazorat reyd tadbiri oʻtkazilgan.
Olib borilgan reyd tadbiri davomida Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan “Toʻdakoʻl” tabiiy suv havzasida 3 nafar fuqaro tomonidan taqiqlangan baliq ovlash quroli boʻlgan “leskali toʻrlar” yordamida jami ikki turdagi 39 dona baliq noqonuniy ovlangani aniqlangan.

Maʼlum boʻlishicha, sodir etilgan huquqbuzarlik natijasida hayvonot dunyosiga 120 mln 304 ming soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.
Shuningdek, yana bir holatda “Toʻdakoʻl” suv havzasida jami 5 turdagi 417 dona baliq noqonuniy ovlangani aniqlanib, ushbu holat oqibatida hayvonot dunyosiga 561 mln 968 ming soʻm zarar yetkazilgani aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ushbu huquqbuzar shaxslarga tegishli boʻlgan uzunligi 300 metr “leskali toʻrlar” va umumiy ogʻirligi 416 kg boʻlgan besh turdagi 456 dona baliqlar daliliy ashyo sifatida olib qoʻyilgan. Nazorat reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring