Navoiyda kitob taxlami koʻrinishidagi kutubxona qurildi

Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Mamlakatimiz Prezidenti 2023-yil navoiylik saylovchilar bilan uchrashuvda viloyat axborot kutubxona markazi moslashtirilgan binoda faoliyat yuritayotgani, asosiy kitob fondi yertoʻlada saqlanayotganini taʼkidlab, zamonaviy meʼmorchilik yechimiga ega, kitobxonlar uchun barcha qulayliklarni jamlagan kutubxona qurish vazifalarini belgilagan edi.
— Kitob targʻiboti va kitobxonlik davlatimiz tomonidan doimo ragʻbatlantirilib kelinmoqda, — deydi Navoiy davlat universitetining Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti dotsenti Zarif Quvonov. — Buni nafaqat biz, balki dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ham yaxshi bilishadi. Xususan, Anqara shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasining ochilish marosimida qatnashgan ikki mingga yaqin mehmon — olimlar, yozuvchilar, taʼlim va madaniyat namoyandalari, davlat va jamoat arboblari orasida Prezidentimizning yagona oliy darajadagi mehmon boʻlganligi fikrimizning yaqqol isbotidir.
Navoiy shahrining Mahmud Torobiy koʻchasida zamonaviy tipdagi yangi, kreativ dizayndagi, kitobsevarlar uchun qulay shart-sharoitlarga ega 3 qavatli kutubxona qurilishi yakunlandi. Ushbu maskan bir vaqtning oʻzida 230 nafar kitobxonni qabul qilishga moʻljallangan. Eʼtirofli jihati, markazda imkoniyati cheklangan kitobsevar fuqarolar uchun ham barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Maskan umumiy hisobda 171 000 ta turli nomdagi ilmiy, badiiy, tarixiy adabiyotlarni oʻz fondiga joylashtirish imkoniga ega. Shuningdek, elektron kutubxona faoliyati ham yoʻlga qoʻyilib, dunyodagi eng yirik kutubxonalar bilan integratsiyalashtiriladi. Hozirda markazda soʻnggi pardozlash ishlari nihoyasiga yetkazilib, yaqin kunlarda ishga tushirilishi moʻljallanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring