Navoiyda 2-sinf oʻquvchisini avtomobil bosib ketdi
Ijtimoiy tarmoqda bolani avtomashina bosib ketgani aks etgan video tarqaldi. Navoiy viloyati YHXB xabarlarga munosabat bildirdi.
Unga koʻra, joriy yilning 1-iyul kuni soat 19:20larda Xatirchi tumani hududidan oʻtgan avtomobil yoʻlining 127 kilometrida harakatlanib borayotgan «BYD Song Plus Champion» rusumli avtomashinasi toʻsatdan yugurib chiqqan piyodani urib yuborgan.
Hodisa natijasida voyaga yetmagan, 2-sinf oʻquvchisi olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring