Navoiy viloyatiga xorijiy davlatlardan sut va goʻsht yoʻnalishidagi zotli tuya va otlar olib kelinadi

16:39 16 Fevral 2026 Hujjatlar
484 0

Illyustrativ foto

“2026-yilda Navoiy viloyatini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–58-son, 11.02.2026-y.) qabul qilindi. Qarorga koʻra, 2026-yilda Navoiy viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining daromadini oshirish, kambagʻallikni qisqartirish, loyihaviy yondashuv asosida ixtisoslashuvni chuqurlashtirish maqsadida qator ishlar amalga oshirilishi belgilangan:

Jumladan:

  • “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi berilgan 8 ta qishloq tumanidan tanlab olingan 16 ta mahallada shahar muhiti va qulay yashash sharoitlari yaratiladi;
  • ogʻir toifadagi Konimex va Navbahor tumanlari hamda kambagʻallik darajasi yuqori boʻlgan 12 ta ogʻir toifadagi mahallada aholi yashashi va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan kompleks infratuzilmaviy va ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
  • viloyatdagi 40 ta mahallani ixtisoslashtirish uchun ushbu mahallalarga 60 ta tik quduq qazish, transformator oʻrnatish, elektr tarmogʻi tortish va sugʻorish tarmoqlarini betonlash tadbirlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, 2026–2027-yillarda Navoiy viloyatida tuyachilik va yilqichilik tarmogʻini rivojlantirish maqsadida xorijiy davlatlardan sut va goʻsht yoʻnalishidagi zotli tuya va otlar olib kelinadi.

Bundan tashqari, grant mablagʻlarini jalb etgan holda aholi va chorvachilik xoʻjaliklaridagi mavjud mayda shoxli mollar 2026–2027-yillar davomida toʻliq identifikatsiya qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер