Navoiy viloyatida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish choralari oʻrganilmoqda
Foto: IIV axborot xizmati
Davlatimiz rahbarining joriy yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov rahbarligidagi ishchi guruh oʻrganishlari Navoiy viloyatining barcha shahar tumanlarida davom etmoqda.
Jumladan, ishchi guruh viloyat markazi – Navoiy shahridagi “qizil” toifaga kiruvchi “Taraqqiyot” mahallasida boʻlib, qaror ijrosini taʼminlash maqsadida mahalla yettiligi, sektor rahbarlari va mutasaddilar bilan suhbatlashdi.

Jarayonda profilaktika inspektorining mahallada kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish boʻyicha taqdimoti tinglandi. Shuningdek, Navoiy shahar masʼullari tomonidan birinchi chorakka moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” tahlil etilib, qaror koʻra vazifalarni oʻz vaqtida bajarilishi lozimligi taʼkidlab oʻtildi.
Sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatlarga alohida eʼtibor qaratilib, Navoiy shahar IIB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorining ayollar oʻrtasida sodir etilgan jinoyatlarning oldini olish, kelib chiqish sabablari, tajriba va natijalari yuzasidan taqdimoti oʻrganildi.
Navoiy viloyatidagi oʻrganishlar davomida Ichki ishlar vaziri viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi “Maʼmuriy amaliyot markazi” binosi ochilish marosimida ishtirok etdi. Tadbirda viloyat IIB rahbariyati, Yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari va soha faxriylari saf tortdi.

Unda soʻzga chiqqanlar bino qurilishi va jihozlash ishlarida jonbozlik koʻrsatgan mutaxassislarga minnatdorchilik bildirilib, ramziy lenta kesildi.
Markazda fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sohaga oid maxsus texnik vositalar bilan yaqindan tanishildi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga ijobiy yechim topish maqsadida tajribali mutaxassislar jalb etilganligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Respublika ishchi guruhi aʼzolarining Navoiy viloyatidagi oʻrganishlari davom etmoqda.
Iqbol PARDAYEVA.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring