Navoiy viloyatida asossiz daromad olgan klasterlar aniqlandi

Illyustrativ foto
Navoiy viloyatida klasterlar tomonidan manipulyatsiya harakatlari sodir etganligi aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyatdagi “Xudoshukur bobo klaster” MCHJ tomonidan 2024-yil mart iyul oylarida paxta hosilidan olingan texnik chigit mahsulotining savdoga qoʻyish jadvallariga muvofiq birja savdolariga qoʻymaslik natijasida 4 ta holatda oldingi birja savdolarida shakllangan mahsulotning oʻrtacha sotilish narxi oʻrtasidagi tafovut kelib chiqib, asossiz daromad olganlik holati aniqlangan.
Shuningdek, “Navbahor tekstil” MCHJ 2023-yilning oktyabr va 2024-yil avgust oylarida ham 4 ta holatda texnik chigit mahsulotini birja savdolariga sotish jadvallarida nazarda tutilgan hajmlarda sotuvga qoʻymagani ortidan asossiz daromad olgan.
Holatlar yuzasidan Maxsus komissiya tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan klaster korxonalariga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida koʻrsatmalar berilib tegishli choralar koʻrilgan.
Maʼlumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomining muvofiq monopoliyaga qarshi kurashish organi doimiy ravishda birja narxlari monitoringini oʻtkazib borilishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring