Navoiy paxtazorlarida yangi avlod paxta terish mashinalari
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Amerika Qoʻshma Shtatlarida ishlab chiqarilgan JOHN DEERE CP570 rusumli yuqori unumli paxta terish mashinasi bir sutka davomida 40 gektar maydondagi paxtani yigʻishtirib olish ish unumdorligiga ega. Shu bilan birga, ushbu kombayn terilgan xom-ashyoni paxta dalasining oʻzidayoq toylab, transportirovka uchun qulaylik yaratadi. Aytishlaricha, ushbu yangi avlod paxta terish mashinalari dunyoning toʻrtta davlati (jumladan Oʻzbekiston)da ishlatilib, oʻz funksiyalari bilan sohaning faxriylarini hayratga solmoqda.

— Ushbu mashinada birinchi navbatda ishlayotgan kishining manfaatlari, salomatligi ustuvor tutilgan, — deydi soha faxriysi Karim Nosirov — Mexanizator kabinasiga chang ham, shovqin ham kirmaydi. Sensorli displey panel yordamida boshqaruvchi barcha jarayonlarni oʻz nazoratida ushlab turadi. Yuqori quvvatli diodli yoritkichlar kunu tun ishlash imkoniyatini yaratadi.
JOHN DEERE CP570 paxta terish mashinasi “Navbahor tekstil” MCHJ tomonidan xarid qilingan boʻlib, tumanga joriy yilda keltirilgan toʻrt agregatning biri. Soʻz paxtachilikda qoʻl mehnatiga barham berish xususida ketarkan, bu borada hududda izchillik bilan ish olib borilib, tuman agrosanoati parki bugun 14 dona paxta terish mashinalariga ega boʻlganligini taʼkidlash joiz. 2023-yil boshida esa bu raqam bor-yoʻgʻi bir donani tashkil etardi.

Soʻnggi avlod texnikalarining oppoq bulutlar ustida emas, oppoq dalalarda suzib yurganiga ne yetsin!
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring