Navoiy kon-metallurgiya kombinati mutaxassislari Koreya Respublikasida boʻldilar
Foto: Xalq so‘zi
Mamlakatimiz sanoatining yirik quvvatlaridan sanalgan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ oʻz faoliyat koʻlamini yil sayin kengaytirib, tabiiy qazilma boyliklar, xomashyo resurslari asosida xalqaro bozorga raqobatbardosh mahsulotlar bilan kirish yoʻlida dadil qadamlar tashlamoqda. Chunonchi, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mis mahsuloti va u bilan bogʻliq tarmoqlarda yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, sohada faoliyat yurituvchi subyektlar oʻrtasida samarali kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyish maqsadida xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirib, mis sanoati klasterida yetakchi xorijiy kompaniyalarning tajribasini oʻrganib, oʻzaro manfaatli hamkorlik boʻyicha kelishuvlarga erishmoqda.
Korxona mutaxassislaridan bir guruhining Koreya Respublikasiga tashrifi shular jumlasidan boʻlib, navoiylik konchilar ushbu mamlakatning yetakchi sanoat kompaniyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif doirasida Janubiy Koreyaning misni chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tovarlarni ishlab chiqarish hamda mashinasozlik va stanoksozlik yoʻnalishlarida faoliyat yuritadigan qator yetakchi kompaniyalarida boʻlishdi.
Taʼkidlash joiz, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish Koreya iqtisodiyoti barqarorligining asosiy omili hisoblanadi. Aslida tabiiy resurslarga boy boʻlmagan har qanday mamlakat uchun bu barqarorlikning muhim sharti hamdir. Mazkur omil tabiiy resurslar boʻyicha zaxiraga ega Oʻzbekiston uchun jahon bozorida oʻz oʻrnini mustahkamlash imkoniyati hamdir.
NKMK mutaxassislari 6-8 mikronlik mis folgasini ishlab chiqarishga moʻljallangan “PNT INC” kompaniyasining Gumi shahridagi korxonasi faoliyati bilan tanishib, oʻzaro hamkorlik boʻyicha muzokaralar olib bordi. Muzokaralar natijasida tomonlar oʻrtasida «NKMK» AJ negizida mis folgasini ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, mis folgasi bugungi kunda talab nihoyatda yuqori boʻlgan mahsulot hisoblanib, undan elektronika, avtomobilsozlik kabi sohalarda keng foydalaniladi.
“KOMA TECH”, “SMART MACHINE Tool”, “HANKOOK Machine Tools” kompaniyalarning Kimxe shahrida joylashgan zavodlariga tashrif ham samarali kechdi. Kombinat vakillarining olib borgan muzokaralari natijasida yuqorida qayd etilgan kompaniyalar uchun kerakli detal va ehtiyot qismlarni «NKMK» AJ Navoiy mashinasozlik zavodida, yuqori texnologiyalarga asoslangan stanoklar ishlab chiqarishni kombinatda yoʻlga qoʻyish boʻyicha hamkorlik memorandum imzolandi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring