“Navbahor”ga yangi murabbiy tayinlandi
Oʻzbekistondagi taniqli futbol mutaxassislaridan biri Sergey Ivanovich Lushan Namanganning “Navbahor” futbol klubi bosh murabbiyi sifatida ish boshladi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Yangi murabbiy viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi raisi Shavkat Abdurazzoqov ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda klub aʼzolariga rasman tanishtirildi.
Maʼlumot oʻrnida, Sergey Lushan 1973-yil 14-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan. U faoliyati davomida yurtimizning “Maʼdanchi” (Bekobod) va “Bunyodkor” (Toshkent), shuningdek, Rossiyaning bir qator jamoalarida toʻp surgan.
Lushan murabbiylik faoliyati davomida 2014-2023-yillarda Oʻzbekiston (“U-19”) oʻsmirlar terma jamoasi, “Bunyodkor” (Toshkent), “Soʻgʻdiyona” (Jizzax), “Dinamo” (Samarqand), Belarusning “Shaxtiyor” (Soligorsk), “Shaxtiyor” (Petrikov) jamoalarida ishlagan. U soʻnggi paytlarda, Odil Ahmedov futbol akademiyasi direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, “Navbahor”ni 2021-yildan buyon boshqarib borayotgan Samvel Babayan Oʻzbekiston Superligasining 2024-yilgi mavsumi birinchi davrasidagi qator muvaffaqiyatsiz natijalardan soʻng oʻz lavozimini tark etgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring