Navbahorda 66 yillik maktab yangi qiyofa kasb etdi

Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Navbahor tumanining Qiziloy mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 20-sonli umumtaʼlim maktabi 1958-yilda xoʻjalik hisobidan qurilgan boʻlib, bir qavatli inshoot va moslashtirilgan sinfxonalaridan iborat edi.
— Oradan ellik uch yil oʻtib, 2011-yilda taʼlim dargohimiz davlat dastur asosida rekonstruksiya qilinib, moslashtirilgan bino oʻrnida ikki qavatli 210 oʻquvchi oʻrinli maktab qurildi, — deydi maktab direktori Vahob Sanaqulov. — Maktabimizda 400 nafarga yaqin oʻquvchi oʻqiyotganligi sabab, taʼlimni ikki smenada tashkil etishga majbur edik. Tabiiyki, bu oʻquvchi yoshlarimizning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, turli toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyishda imkoniyatlarimizni bir qadar cheklar edi.
Maktabda joriy yilning investitsiya dasturi asosida huquqni muhofaza qiluvchi organlar mutasaddilari tashabbusi bilan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Yaʼni, mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 1 mlrd. 860 mln. soʻm mablagʻ evaziga 220 oʻrinlari qoʻshimcha bino qurilib, oʻquvchi oʻrinlari soni 430 taga yetkazildi. Bugungi kunda maktabda 390 nafar oʻquvchi taʼlim olayotganligini inobatga olsak, yaqin yillarda maktabga ikki smenaga oʻtish tizimi tahdid solmasligi oydinlashadi. Eng muhimi, maktab mutlaqo yangi oʻquv qurollari bilan jihozlanib, bir qator toʻgaraklar faoliyati jonlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring