NATOning zaif nuqtasi maʼlum qilindi
Illyustrativ foto
Bolgariya va Ukrainada harbiy maslahatchi boʻlib ishlagan britaniyalik sobiq zobit Glen Grant Qora dengiz NATOning sharqiy qanotidagi zaif nuqta ekanini aytib oʻtdi.
Uning soʻzlariga koʻra, bu holat “Bolgariya va Ruminiyaning zaifligi, shuningdek, Turkiyaning murosasizligi” tufayli yuzaga kelgan. Shu bois Qora dengizda Shimoliy Atlantika alyansi mavjud emas.
Oʻz navbatida, ismi sir qolishni istagan NATO vakili Qora dengizning alyans uchun strategik ahamiyatini qayd etgan. Uning taʼkidlashicha, tashkilot aʼzolari 2014-yilda Qrim Rossiya tarkibiga kirganidan keyin, shuningdek, 2022-yilda Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan keyin mintaqada oʻz mavjudligini kuchaytirgan.
Bundan tashqari, alyans Ruminiya va Turkiyada havo va raketaga qarshi mudofaa tizimlarini koʻproq, shuningdek, mintaqada yangi jangovar guruhlarni joylashtirgan.
Shu yilning 14-mart kuni Amerikaning “MQ-9 Reaper” uchuvchisiz samolyoti Qrim gʻarbidagi Qora dengizga qulab tushgan edi. Qoʻshma Shtatlar u xalqaro havo hududida muntazam operatsiya oʻtkazayotganini maʼlum qilgan. Biroq unga hamrohlik qilayotgan Rossiya samolyoti tomonidan urib tushirilgan. Rossiya Mudofaa vazirligi bu maʼlumotni rad etdi.
Keyinchalik, esa Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu “MQ-9 Reaper”ning Qora dengizdagi maxsus operatsiya hududi chegaralarini buzishining oldini olgan Su-27 uchuvchilariga davlat mukofotlarini topshirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring