Natijalar yaratilgan sharoitga monand
Said DONISHEV/“Xalq soʻzi”. Jizzax viloyatida sportni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Baxmal tumanida zamonaviy sport maktabi tashkil etilgani, Jizzax shahridagi 3 ta va tumanlardagi 10 ta sport maktablari bugungi kun talablariga mos taʼmirlangani ham shundan dalolat beradi.
Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi toʻliq rekonstruksiya qilinib, 200 oʻrinli qoʻshimcha yotoqxona, kamondan otish yopiq sport zali, zamonaviy yopiq suzish havzasi qurildi. Shuningdek, Futbol akademiyasi, Kibersport arenasi, viloyat sport oʻyinlari va yengil atletikaga ixtisoslashgan sport maktabida universal zal hamda barcha zamonaviy sharoitlarga ega futbol maktabi yangidan tashkil etildi.
— Zomin, Zarbdor, Mirzachoʻl, Paxtakor va Yangiobod tumanlarida yengil konstruksiyali yopiq sport zallari qurib, foydalanishga topshirildi. Shunga monand joriy yilning oʻtgan davri mobaynida viloyatimiz sportchilari Oʻzbekiston chempionati va kubok bahslarida 450 ga yaqin, va xalqaro sport musobaqalarda 80 dan ziyod medallarni qoʻlga kiritishdi. Yaratib berilgan sharoitlardan ruhlangan vakillarimiz yil yakuniga qadar ushbu koʻrsatkichlarni yanada yaxshilashadi, — deydi viloyat Sport boshqarmasi boshligʻi Jalol Oʻktamov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring