Natijalar bilan birga, tizimdagi kamchiliklar ham tanqid qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqildi.
Majlisda qayd etilganidek, mamlakatimizda inson salomatligini mustahkamlash, aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini tubdan oshirish, tibbiyot muassasalarining resurslar salohiyatini yaxshilash, sohani isloh qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tufayli bugun sohada koʻplab ijobiy oʻzgarishlarga erishilyapti.
Xususan, respublika markazlarida qilinadigan operatsiyalar turi 350 taga, viloyat markazlarida 130, tuman shifoxonalarida 60 taga yetdi, 32
Prezidentimiz joriy yilning 13-sentabr kuni mamlakatimizda xirurgiya xizmatini transformatsiya qilishga oid taqdimot bilan tanishish chogʻida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar bilan birga, tizimdagi kamchiliklar, mavjud muammolar va ularni hal etish choralari haqida toʻxtalib, buning uchun zarur sharoit yaratish boʻyicha mutasaddilarga tegishli koʻrsatmalar bergan edi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi oldiga “Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi yuzasidan aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish va qonun ijodkorligi faoliyatiga jamoatchilikni keng jalb qilish, jumladan, aholi oʻrtasida ochiq muloqotlar oʻtkazgan holda fuqarolarning fikr-mulohazalari, takliflarini oʻrganib, ularni loyihada aks ettirish vazifasi qoʻyilgandi.
Shundan kelib chiqib, joriy yilning 17-23-sentabr kunlari mazkur qonun loyihasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida deputatlar, Qonunchilik palatasi Devoni xodimlari, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Sogʻliqni saqlash vazirligi vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzilib, ular tomonidan hududlarda loyihadagi normalar va kiritilgan yangiliklarni jamoatchilikka tushuntirishga qaratilgan bir qator tadbirlar oʻtkazildi.
Qonun loyihasi xalqaro tajribadan kelib chiqib, “Tirik donordan aʼzolarni yoki toʻqimalarni transplantatsiya uchun olish faqat retsipiyentning sogʻligʻini koʻzlab hamda muqobil davolash usuli mavjud boʻlmagan taqdirda amalga oshirilishi mumkin”, degan norma bilan toʻldirildi.
Deputatlarning aytishicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi aholining huquqiy va ijtimoiy himoyasiga yoʻnaltirilgan davlat siyosatining amaldagi qonunchilik asoslarini toʻldirib, aʼzolar va toʻqimalar transplantatsiyasini bajarishdagi maqsadlar va shartlarni aniqlagan holda, kasallanish va aʼzolardagi qaytarib boʻlmaydigan jarayonlar tufayli oʻlimga olib keluvchi holatlarning qisqarishiga olib keladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi oʻqishda qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring