NASA “kosmik archa” suratini namoyish etdi
Foto: NASA
NASA olimlari Somon yoʻli galaktikasida tashqi koʻrinishi bilan yangi yil archasini eslatuvchi noyob kosmik obyektni aniqladi. Ushbu yulduzlar toʻplami NGC 2264 boʻlib, Yerdan taxminan 2,5 ming yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan. Olimlar uni uchburchak shakldagi, yashil tusda tovlanib turgan yosh yulduzlar majmuasi sifatida tasvirlamoqda.
Mazkur obyekt NASA'ning “Chandra” rentgen observatoriyasi orqali oʻrganilgan. Tadqiqotlar natijasida NGC 2264 tarkibida yoshi 1–5 million yil orasida boʻlgan yosh yulduzlar mavjudligi aniqlangan. Ularda Quyoshdan kichik massali yulduzlar bilan bir qatorda, massasi Quyoshdan 7 baravar katta boʻlgan yulduzlar ham bor. Shuningdek, AQSh Milliy fan jamgʻarmasiga qarashli 0,9 metrli teleskop orqali olingan optik maʼlumotlar yashil tumanlikdan tarqalayotgan gazlarni koʻrsatdi.
Olimlar NGC 2264 ni “kosmik archa” deb atashlariga sabab, gaz va nurlanishlar ignabarg daraxt shoxlariga oʻxshash shakl hosil qilganidir. Biroq NASA tasvir archaga oʻxshashi uchun u 160 darajaga soat mili yoʻnalishida burilganini maʼlum qilgan. Yosh yulduzlar yuqori faollikka ega boʻlib, rentgen nurlarida kuchli chaqnashlar chiqaradi.
Taʼkidlanishicha, ushbu kashfiyot astronomlar uchun katta ahamiyatga ega. NGC 2264 bir makonda turli rivojlanish bosqichidagi yulduzlarni oʻrganish imkonini beradi. Olimlar optik, infraqizil va rentgen maʼlumotlarni birlashtirish orqali yulduzlarning tugʻilishi, rivoji va yoʻqolishi jarayonlarini yanada aniqroq tadqiq etishni rejalashtirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring