Nargiza Xolboyeva “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi
Foto: Sirdaryo viloyat hokimligi
Ahmadali SHERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Nargiza Xolbayevaning kun tartibidagi masala yuzasidan bildirgan fikrlari hamda fidoyiligi davlat rahbari tomonidan eʼtirof etildi va u “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Bugun Sirdaryo viloyati hokimligida Nargiza Xolbayevaga davlat mukofoti tantanali ravishda topshirildi.

Maʼlumot uchun: Nargiza Xolbayeva Boyovut tumanida oddiy oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. Faoliyatini maktabda tarix fani oʻqituvchiligidan boshlagan. Koʻp yillar Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashida va boshqa tashkilotlarda ishlagan, 2024-yildan buyon viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasiga rahbarlik qilmoqda. Samarali mehnatlari uchun 2021-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Ostonadagi kinoteatrda yirik yongʻin yuz berdi (+video)
- Inson hayotidagi bosqichli davrlar. Qarish jarayoni bir tekis kechmasligi maʼlum boʻldi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring