Namanganlik pedagoglar Malayziyada STEM boʻyicha xalqaro oʻquv-tajriba dasturida ishtirok etmoqda
Namangan viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga qarashli muassasalarning 25 nafar xodimi Malayziyaning Subang Jaya shahrida oʻtkazilayotgan oʻquv-tajriba dasturida ishtirok etmoqda. Dastur Unimas universiteti hamda uning qoshidagi Kuala Lumpur Learning Centre bazasida tashkil etilgan.
Taʼlim safari doirasida ishtirokchilar uchun STEM taʼlimiga ixtisoslashgan yoʻnalishlar boʻyicha mahorat darslari, amaliy mashgʻulotlar, universitet professor-oʻqituvchilari bilan tajriba almashuv jarayonlari, shuningdek, qator taʼlim maskanlariga tashriflar rejalashtirilgan.
Xizmat safari jarayonida Namangan viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Xayrullo Abdurahmonov hamda markaz direktori doktor Vong Sey No oʻrtasida uchrashuv oʻtkazilib, kelgusidagi hamkorlik, qoʻshma loyihalar va sohadagi tajriba almashuv yoʻnalishlari muhokama qilindi.
— Tajriba almashuvning dastlabki bosqichida Savarak va Malayziya Milliy universitetlari hamda Sunway xalqaro maktabi faoliyati bilan tanishdik, ushbu muassasalardagi mashgʻulotlarda qatnashdik, — deydi Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 58-umumtaʼlim maktabi direktori Boburjon Haqberdiyev. — Xorijiy mutaxassislar oʻtgan mahorat darslari pedagogik texnologiyaning koʻplab amaliy jihatlarini yanada chuqur oʻzlashtirishimizga yordam berdi.
Maʼlumot uchun, 15-dekabrga qadar davom etuvchi ushbu oʻquv amaliyotining asosiy maqsadi Namangan viloyatida STEM yoʻnalishini rivojlantirish, pedagoglarni zamonaviy ilmiy-amaliy yondashuvlar bilan tanishtirish hamda xalqaro tajribani mahalliy taʼlim jarayoniga bosqichma-bosqich tatbiq etishdan iborat.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring