Namangandan Andijonga elektr tarmogʻi fermerlarning bugʻdoyzorini payhon qilish evaziga tortilmoqdami?

13:16 09 Mart 2020 Jamiyat
1368 0

Xorijiy nashrlardan birida eʼlon qilingan “Namangandan Andijonga elektr tarmogʻi fermerlarning bugʻdoyzorini payhon qilish evaziga tortilmoqda” nomli xabarga “Oʻzbekiston MET” AJ Axborot xizmati munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, "yaqinda oʻzbek tilida ish yuritadigan xorijiy nashrlardan birida eʼlon qilingan “Namangandan Andijonga elektr tarmogʻi fermerlarning bugʻdoyzorini payhon qilish evaziga tortilmoqda” nomli xabarda Andijon viloyat, Ulugʻnor tumanida 45 /nomdagi/ fermer xoʻjaligining bugʻdoy ekilgan dalalari bir qismi “Toʻraqoʻrgʻon IES”idan (Namangan viloyati) Andijon tumanidagi “Yulduz” podstansiyasiga yuqori kuchlanishli liniya tortish jarayonida /qishloq xoʻjaligi ekinlari/ payhon qilinayotgani; fermerlar ziyon koʻrayotgani, yetkazilgan zarar qachon toʻlab berilishi nomaʼlumligi va nihoyat, munosabat bildirishimizga sabab boʻlgani, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ oʻzining rasmiy murojaatida 2019-yilning 7–10-oktyabr kunlari podstansiyalarga yaqin joylashgan hudud aholisi bilan yuzaga keluvchi ekologik va ijtimoiy savollarni muhokama qilish maqsadida rejalashtirilgan ommaviy konsultativ yigʻilishlar oʻtkazilishi haqida maʼlumot bergani-yu, biroq fermer Shamshiddin Mirzakarimov bunday “konsultativ yigʻilishlar” boʻlmaganini aytgani haqida xabar eʼlon qilindi".

“Oʻzbekiston MET” AJning rasmiy maʼlumotiga koʻra, “Toʻraqoʻrgʻon IES”idan (Namangan viloyati) Andijon tumanidagi “Yulduz” podstansiyasiga yuqori kuchlanishli elektr tarmogʻini qurish-montaj ishlari va u bilan bogʻliq boshqa amaliyotlar “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ vakolatlari doirasidagi masala boʻlib, fermerlarning koʻrgan ziyonlari hamda zararlarning qoplanishi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan bogʻliq emas.

Shuningdek, maʼlum qilinishicha, “Toʻraqoʻrgʻon issiqlik elektr stansiyasi” AJda qurilayotgan yangi bugʻ-gaz qurilmasi va unda ishlab chiqariladigan qoʻshimcha quvvatni umumiy elektr energiyasi tizimiga ulash yuzasidan olib borilayotgan ishlar mamlakatimiz isteʼmolchilarini sifatli elektr energiyasi bilan uzluksiz ravishda taʼminlashga qaratilgan amaliyotlardan biri hisoblanadi.

Qoʻshimcha izoh berilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentyabr №PQ-3284-sonli Jahon banki ishtirokida “Magistral elektr tarmoq podstansiyalarini zamonaviylashtirish va rekonstruksiya qilish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Respublika hududida joylashgan 22 ta podstansiyada maʼnan va jismonan eskirgan elektr jihozlarini yangi va zamonaviy uskunalarga almashtirish ishlari bajarilishidan oldin aholi oʻrtasida tushuntirish ishlari (konsultativ yigʻilishlar) faqat podstansiyalar ichidagi shovqin va chang-toʻzon hamda podstansiya hududi bilan chegaradosh (25 metr masofadagi uy-joy va ekin maydonlari) yer egalari oʻrtasida olib borilgani nazarda tutilgan edi.

Aynan “Yulduz” podstansiyasi atrofidagi aholi va mahalla faollari bilan tushuntirish ishlari 2019-yilning 7-noyabr sanasida oʻtkazilgan boʻlib, unda “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori K.Yoʻldoshev, “Ayrilish” mahalla fuqarolari yigʻini raisi E.Esonova, “Yorboshi” MFY raisi M.Sotkinov, “Yulduz” podstansiyasi rahbari M.Shahobiddinov va koʻpsonli aholi vakillari ishtirok etishgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер