Namanganda “Jasorat” raqamli muzeyi ochildi
Qudratilla NAJMIDDINOV/“Xalq soʻzi”. Xalq tinchligi va osoyishtaligini saqlash, aholi oʻrtasida huquq-tartibotni mustahkamlash ishiga xizmat qilib kelayotgan viloyat ichki ishlar tizimi oʻzining shonli tarixi va boy anʼanalariga ega. Ularni yosh avlodga yetkazish va sohada toʻplangan ilgʻor tajribalarni keng targʻib etish maqsadida Namangan viloyati IIBda “Jasorat” muzeyi tashkil etildi.

Bu maskanda viloyat ichki ishlar organlarining tashkil etilishidan, bugunga qadar boʻlgan faoliyati yoritilgan. Tegishli maʼlumotlar zamon talablariga mos ravishda raqamli texnologiyalar asosida, yaʼni QR kod orqali uch tildagi (oʻzbek, rus va ingliz) audioyozuv orqali taqdim qilinadi. Shu bilan birga muzeyda alohida zamonaviy va qulay “Videozal” joylashgan boʻlib, unda tashrif buyuruvchilar Namangan viloyati IIB va uning quyi tizimlarining tarixi, hozirgi kundagi faoliyatiga daxldor videolavhalar hamda hujjatli koʻrsatuvlar bilan tanishish imkoniga ega boʻladi.

— “Jasorat” muzeyi yangicha zamonaviy qiyofada va raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilgan, unga nafaqat xodimlar va soha faxriylari, barcha fuqarolar, jumladan, maktab oʻquvchilari ham tashrif buyurishi mumkin, — deydi Namangan viloyati IIB boshligʻi, polkovnik Shuhrat Aliyev.
Kuni kecha “Jasorat” muzeyining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Tadbirda boshqarma rahbariyati, shahar, tuman IIB xodimlari, 150 nafardan ortiq faxriylar, akademik litsey oʻqituvchi va oʻquvchilari hamda sohaga daxldor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring