Namanganda zamonaviy Ko‘rgazmalar markazi quriladi

Davlatimiz rahbarining hududlarga tashriflari chog‘ida berilgan topshiriqlarga muvofiq, Namangan viloyati Yangi Namangan shaharchasida xalqaro tadbirlar va biznes-forumlar uchun mo‘ljallangan zamonaviy — Ko‘rgazmalar markazi barpo etilishi rejalashtirilgan.
Savdo-sanoat palatasi xabariga ko‘ra, ushbu zamonaviy markaz — keng imkoniyatlarga ega ko‘rgazma maydoni, Kongress-xoll va konferensiya zallari, ofis va majlis xonalari, restoran va xizmat ko‘rsatish zonalari, avtoturargoh va yashil hududlarga ega bo‘ladi.
Me’moriy jihatdan alohida ajralib turadigan ushbu markaz mahalliy va xalqaro tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni namoyish etish, yangi biznes aloqalarni o‘rnatish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Loyiha amalga oshirilgandan so‘ng, markaz — Yangi tadbirkorlar uyi sifatida ham faoliyat yuritadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring