Namanganda Yangi Oʻzbekiston bogʻiga munosib stella barpo etiladi
Foto: Xalq so‘zi
Ayni masalada viloyat hokimligida Turkiyaning “Outdoor Factory” loyiha kompaniyasi menejerlari Hakan Besceliogʻlu va Huseyin Avni Guchlular qabul qilindi. Tadbir jarayonida videoaloqa shaklida shirkat dizayner-meʼmori Sinan Turaman Yangi Namangan shaharchasi tarkibida barpo etilayotgan Yangi Oʻzbekiston bogʻi markazida qad rostlaydigan stella loyihasi taqdimotini oʻtkazdi.

Nufusi yaqin yillar ichida bir millionga yetishi koʻzda tutilayotgan gullar shahri ham eni, ham boʻyiga oʻsmoqda. Oliy Majlis Senati qarori bilan yaqinda Toʻraqoʻrgʻon tumanidan Davlatobod tumaniga qoʻshib berilgan yerlar hisobiga imkoniyatlar yanada kengaydi. “Yangi Namangan shaharchasi”da qurilishi rejalashtirilgan “Yangi Oʻzbekiston bogʻi” ham shu yerda bunyod etilib, uning hududi 68 gektarni tashkil etadi. Bogʻdan oʻrin oladigan milliylik va zamonaviylik, chuqur maʼno-mazmunni oʻzida mujassam etgan Stella loyihasi asosini ona zaminimizda asos solingan uch renessans konsepsiyasi tashkil etadi. Majmuada gul gʻunchasi, suv tomchisi, strategiyadagi maqsadlar, tarixiy barelyeflar oʻz aksini topadi.
Maʼlumot uchun, boʻlajak madaniyat va istirohat maskanida Namangan ramzi boʻlgan gullar bogʻi, sunʼiy koʻl, favvoralar, 2500 oʻrinli amfiteatr, avtoturargoh, savdo shahobchalari, bolalar bogʻchasi, shuningdek, koʻplab infratuzilma inshootlari barpo etilishi koʻzda tutilgan.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring