Namanganda tuproq aralash shag‘al qazdirib olayotgan huquqbuzarga jarima belgilandi
Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi Yangi Namangan tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tumanning "Ishonch" mahallasi hududida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida "Madad trans servis" MCHJga tegishli hududda xodim Q. Y. hech qanday ruxsatsiz, "HYUNDAI" rusumli ekskavator yordamida tuproq aralash shag‘alni qazdirayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 70-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Q. Y. BHMning 10 barobari — 3 million 400 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv havzalarida noruda materiallarini qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, noruda materiallarini qazib olishga muddatsiz moratoriy o‘rnatiladi. Moratoriy davridagi huquqbuzarlik uchun jarima miqdori 10 baravarga oshiriladi (ayni damda fuqarolarga BHMning 10-20 baravari, mansabdor shaxslarga esa BHMning 30-50 baravari). Shuningdek, huquqbuzarlikning bevosita ashyosi ham musodara qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring