Namanganda tibbiyot boʻyicha xalqaro anjuman ish boshladi
“Travmatologiya va ortopediya muammolarini hal qilishda yangi yoʻnalishlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya Namangan shahridagi “Maʼrifat markazi”da oʻtkazilmoqda. Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan oʻtkazilayotgan ushbu nufuzli anjumanda mahalliy mutaxassislar bilan birga Italiya, Rossiya, Turkiya, Koreya Respublikasi, Hindiston, Belarus va Qozogʻiston kabi mamlakatlardan 270 dan ortiq delegatlar, 60 nafardan ziyod yetakchi olimlar, jarroh hamda nufuzli ekspertlar ishtirok etmoqda.
Konferensiya avvalida Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, professor Murodjon Irismetov soʻzga chiqib, uning ilmiy va amaliy ahamiyati, sohani rivojlantirishdagi roli nechogʻlik muhimligi haqida toʻxtaldi.

Tadbir dasturiga koʻra, xorijiy olim-shifokorlar ikki kunlik konferensiya davomida taqdim etadigan maʼruzalarida soha oldida turgan qator dolzarb masalalar yuzasidan yangi tashabbus va amaliy takliflarni ilgari suradi.
— Oʻzbekiston travmatolog-ortopedlarining ilmiy-amaliy anjumaniga rossiyalik bir qator hamkasblarimiz barvaqt yetib kelishgan edi, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi boʻlim boshligʻi, professor Iskandar Xojiyev. — Sankt-Peterburgdan tashrif buyurgan tibbiyot fanlari doktorlari Olga Yevgenyevna Agranovich, Igor Aleksandrovich Komolkin bir necha kundan buyon Namangandagi bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida tugʻma va orttirma shikastlardan aziyat chekayotgan kichik yoshdagi bemorlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, davo muolajalari belgilamoqda, jarrohlik amaliyotini taqozo etgan tugʻma va orttirilgan shikastlarni operativ davo yoʻli bilan bartaraf etmoqda.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, bugun va ertaga davom etadigan konferensiya dasturi doirasida boshqa mamlakatlardan kelgan tajribali mutaxassislar tomonidan 100 nafardan ziyod tugʻma koʻkrak deformatsiyasi aniqlangan bolalar operatsiya yoʻli bilan davolanadi.
Qudratilla NAJMIDDINOV.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring