Namanganda soʻnggi besh yilda 39 ming gektar yer qayta foydalanishga kiritildi

20:19 16 Sentyabr 2025 Siyosat
156 0

Namanganda soʻnggi besh yilda 39 ming gektar yer qayta foydalanishga kiritildi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida Namanganda boʻlib oʻtayotgan yigʻilishda maʼlum qilindi.

Prezident Toʻraqoʻrgʻonda tomchilab sugʻorish orqali 5 ming gektar adir yerlarni oʻzlashtirish ishlari boshlanganini maʼqulladi. Hozirgacha 2 ming gektar oʻzlashtirildi, shundan 1,3 ming gektarida bogʻ va uzumzor tashkil etildi, 4 ming kishi ishli boʻldi.

Bu ishlarni davom ettirib, Pop tumanida 4 ming gektar, Kosonsoy, Chust va Mingbuloq tumanlarida 1 ming gektardan yerni qayta foydalanishga kiritish vazifasi qoʻyildi.

Norin tumanida joylashgan baliqchilik klasteridagi ishlar yuqori baholandi. Oʻsha yerning oʻzida mahalliy aholi forel baligʻi yetishtirishga oʻrgatilmoqda.

Xoʻja-qoʻrgʻoncha mahallasidagi 25 ta xonadon klaster bilan kooperatsiya qilib, yiliga har biri 150 million soʻmgacha daromad koʻrmoqda.

Bu tizimni ommalashtirib, Uchqoʻrgʻon va Norin tumanidagi 1 ming xonadonda forel yetishtirishni yoʻlga qoʻyish, 1 sotixli 350 ta sunʼiy hovuz oʻrnatib, aholiga boʻlib berish muhimligi taʼkidlandi.

Niderlandiyalik hamkorlar bilan yiliga 20 ming tonna baliq ozuqasi ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер