Namanganda senatorlar va yoshlar uchrashuvi: yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishdagi yangi tashabbuslar muhokama qilindi
Namangan davlat texnika universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari Ikromxon Najmiddinov, Odiljon Mamatkarimov, Anna Dobrix va Solijon Moʻminov ishtirokida viloyatning faol yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuv davomida senatorlar yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, yangi davlat dasturlari, taʼlim, ilm-fan va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirishga qaratilgan dasturlar, ularning mazmun-mohiyati hamda rejalashtirilgan tashabbuslar yuzasidan batafsil axborot berildi.
Uchrashuv yakunida yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini tizimli ravishda oʻrganib borish hamda kelgusida muntazam muloqot platformasini shakllantirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring