Namanganda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari bandligini taʼminlash masalalari muhokama qilindi
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashida Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Odiljon Mamatkarimov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari bandligini taʼminlashni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda oliy taʼlim muassasalarini bitirgan yoshlarni ish bilan taʼminlashda hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Taʼkidlanganidek, ayrim tuman va shaharlarda qaror ijrosini taʼminlash boʻyicha ishlarni samarali tashkil etishda kamchiliklar mavjud.
Jumladan, bandlik koʻrsatkichlari umumiy viloyat darajasidan past boʻlgan hududlarga qaratilgan chora-tadbirlar yetarli emasligi qayd etildi.
Shu munosabat bilan mutasaddi idora va tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi. Xususan, har bir bitiruvchining bandligini taʼminlash boʻyicha manzilli ishlar tashkil etish, ish beruvchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlikni kengaytirish, mehnat yarmarkalarini tizimli oʻtkazish hamda ularning natijadorligini oshirish vazifalari belgilab berildi.
Yigʻilish yakunida ishchi guruhlarga qaror ijrosini nazoratga olish, mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish va amaliy natijalarga erishish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring