Namanganda noqonuniy diniy hujralar faoliyati fosh etildi
Foto: DXX
Namangan viloyatida moddiy manfaatdorlik evaziga noqonuniy diniy saboq berish holatlari aniqlandi, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.
Qayd etilishicha, DXXning Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida yashirin “hujralar” tashkil etib, diniy taʼlim berish yoʻli bilan noqonuniy daromad topayotgan “uddaburonlar”ning qilmishlari fosh etilgan.
Xususan, Namangan shahrining Baliqchi koʻchasida yashovchi 30 yoshli fuqaro koʻp qavatli uylarning birida 15 nafar shaxsga diniy saboq berib kelgan. Maʼrifat mahallasida yashovchi 51 yoshli ayol esa oʻz xonadonida 14 nafar voyaga yetmagan bolaga diniy oʻqish tashkil etib, ularning har biridan oyiga 1,5 million soʻmdan pul olib kelgan.
Shuningdek, Yangi Namangan tumanida qayd etilgan holatda esa 42 yoshli shaxs Mehnatobod mahallasidagi yashirin “hujra”da 10 nafar voyaga yetmagan qizga va 3 nafar fuqaroga diniy taʼlim berib kelgan.
Ayni shu kabi holat Uychi tumanining Mashad mahallasida ham kuzatilib, unda 48 yoshli fuqaro oʻz uyida voyaga yetmagan bolalarni toʻplab, moddiy manfaat evaziga diniy saboq berish bilan shugʻullangan. Bunday qonunbuzarliklar Toʻraqoʻrgʻon va Namangan tumanlarida istiqomat qiluvchi 50 va 44 yoshli 2 nafar shaxs tomonidan ham sodir etilgan.
Bildirilishicha, qilmishlari fosh boʻlgan barcha soxta “dindorlar” hamda bolalarni tarbiyalash majburiyatlarini bajarmagan ota-onalarga nisbatan amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan choralar koʻrilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring