Namanganda Nexia yoʻlni kesib oʻtayotgan 38 yoshli erkakni urib yubordi. Piyoda shifoxonada vafot etdi
Namangan viloyatining Pop tumanida 38 yoshli erkak Nexia urib yuborishi oqibatida vafot etdi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.
Voqea 26-iyun kuni soat 08:30 larda Pungon—Gʻurumsaroy—Pop yoʻlining 24 kilometrida yuz bergan. 75 yoshli haydovchi Nexiaʻni boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, yoʻlini kesib oʻtayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyoda olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Holat boʻyicha Pop tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan 26-iyun kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam oʻlishiga sabab boʻlishi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring