Namanganda mototsikl yoʻl chetidagi ikki piyodani urib yubordi

Joriy yilning 7-iyul kuni Namangan viloyati Pop tumanida 36 yoshli fuqaro boshqaruvidagi mototsikl ikki fuqaroni urib yubordi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, soat 21:30 larda Gʻurumsaroy–Chodak–Guliston yoʻlining 36-kilometrida Pop tumanida yashovchi 1985-yilda tugʻilgan fuqaro “Ural” rusumli mototsiklini boshqarib ketayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay qolgan. Shu vaqtda mototsikl yoʻl chetida turgan, Uychi tumanida yashovchi 2001 va 1996-yilda tugʻilgan fuqarolarni urib yuborgan. Oqibatda piyodalar bel sohasi lat yeyishi va oʻtirgʻich suyagining sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Xabarga koʻra, holat yuzasidan tuman Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan joriy yilning 16-iyul kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring