Namanganda mast yigit onasini kaltaklagani uchun qamaldi 

01:10 16 Noyabr 2021 Jamiyat
1347 0

Foto: «Bugun.uz»

Namangan viloyatida yashovchi erkakka onasini kaltaklagani uchun jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Bu haqda “Bugun.uz” axborot sayti xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, Norin tumani Hoʻjaqoʻrgʻoncha mahallasida 2021-yil 21-iyun kuni soat 19:30 larda spirtli ichimlik isteʼmol qilib, mast holatda biror sababsiz turli uyatli soʻzlar bilan soʻkinib, baqir-chaqir qilgan erkak qoʻni-qoʻshnilar tinchini buzgan.

Bu ham yetmaganidek, u oʻz xonadonida ham janjal koʻtargan, xususan, oʻz onasini urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Unga nisbatan 12-noyabr kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Norin tuman sudida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ish ochilgan. Holat boʻyicha aybdor huquqbuzarlik sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 15 (oʻn besh) sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?