Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati
Joriy yilning 15-yanvar kuni soat 16:09da Namangan viloyati Pop tumani “Qoʻshminor” MFY hududida ketma-ket harakatlanib ketayotgan 3 ta «MAN” rusumli yuk avtomobillari ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan. Natijada yuk avtomobillarida yongʻin kelib chiqqan. Birinchi yuk avtomobili yoqilgʻi tashishga moʻljallangan boʻlib, mazut, ikkinchi avtomobilga koʻmir, uchinchi avtomobilga boʻyoq mahsulotlari ortilgan boʻlgan.
Shunga koʻra 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 16:30 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 16:33 da qurshab olingan va soat 17:20 da bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida yuk avtomobillarida boʻlgan 3 nafar fuqaro halok boʻlgan.
Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbarlari, tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan.
Hozirda IIB tezkor tergov guruhi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring