Namanganda katta miqdordagi sifati kafolatlanmagan dori vositalari yoʻq qilindi

Qudratilla NAJMIDDINOV/“Xalq soʻzi”. Bu ish Majburiy ijro byurosi Namangan shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi ijro harakatlari davomida amalga oshirildi. Maʼlum boʻlishicha, Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir chogʻida ikkita holatda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar faoliyatiga chek qoʻyilgan. Jumladan, viloyat markazida yashovchi D.B. va bir guruh shaxslar ayni yumush bilan shugʻullanib kelishgan.
Yana ikki holatda viloyat bojxona va ichki ishlar boshqarmalari tomonidan aylanmay yoʻllar orqali bir guruh shaxslar tomonidan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini olib kirishga urinish fosh etilgan.
— Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jazo muqarrarligi taʼminlanib, sudning qaroriga asosan huquqbuzarlardan olingan ashyoviy dalillarni yoʻq qilish belgilangan, — deydi MIB viloyat boshqarmasi masʼul xodimi Sohibjon Rapiqov.
Kuni kecha oʻtkazilgan navbatdagi tadbirda tegishli idoralar masʼullari ishtirokida 839 turdagi 1 milliard 150 million soʻmlik dori vositalari va tibbiyot buyumlari yoqish, toʻkib tashlash va sindirish yoʻli bilan yoʻq qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Boshqaruv sohasida xotin-qizlar ulushi necha foiz ekani ma’lum qilindi
- Prezident Shayxontohur tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida boʻldi
- “Real” braziliyalik yulduzini ashaddiy raqiblaridan biriga sotib yuborishi mumkin
- Maktab yerini koʻp qavatli uylar qurilishi uchun pullamoqchi boʻlgan mansabdorlar qoʻlga tushdi
- Dollarning soʻmga nisbatan qiymati yangilandi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Kamolon mahallasida boʻlib, aholi bilan suhbatlashdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring