Namanganda inspektor va tadbirkor til biriktirib, 117 mln soʻmlik elektrni talon-toroj qildi

Foto: Bosh prokuratura
Namangan viloyatida tadbirkor va inspektor til biriktirib, 116,9 mln soʻmlik elektr energiyasini talon-toroj qildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Maʻlum qilinishicha, Chust tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor S.Sh. va tuman elektr taʼminoti inspektori Y.M. bilan til biriktirib, oʻziga qarashli ekin yer maydoniga oʻrnatilgan suv nasosini elektr tarmogʻiga hisoblagichsiz, shartnoma tuzmasdan, tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulab, 116,9 mln. soʻmlik 43,2 ming kVt. soat elektr energiyasini talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan S.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “d” bandi hamda elektr taʼminoti inspektori Y.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “ye” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi shaxslar protsessual tartibda ushlangan.
“Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda”, deya eslatgan Bosh prokuratura.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring