Namanganda ikki nafar suv taʼminoti xodimi kaltaklandi

Foto: Illustrativ foto
Voqea kecha Uchqoʻrgʻon tumanida roʻy berdi. Ichimlik suvidan 3 million soʻmga yaqin qarzdor boʻlgan “Baxtli avlod” xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotida ushbu mablagʻni toʻlashni talab qilib kelgan suv taʼminoti korxonasi xodimlarini kutilmagan “syurpriz” bilan qarshi olishdi. Xizmat vazifasini bajarayotgan ikki nafar suvsoz he yoʻq, be yoʻq MTT egalari va ularga qarashli odamlar tomonidan koʻpchilik boʻlib kaltakka tutildi.
— Doʻpposlangan nazoratchilarimiz bosh, boʻyin va qorin qismlarida ogʻriq bilan tuman tibbiyot birlashmasi tez yordam boʻlimiga olib kelingan, —deydi “Namangan suv taʼminoti” MCHJ masʼul xodimi Toirbek Komiljonov. —Hozirda xodimlarning salomatligi shifokorlar nazoratida.
Ish beruvchi tashkilot oʻz xodimlariga koʻrsatilgan gʻayriqonuniy harakatlar boʻyicha baho berishni soʻrab huquq idoralariga murojaat qildi. Aybdorlar jazosini olishi tabiiy. Biroq shu oʻrinda haqli savol tugʻiladi? Nahotki, bolalar tarbiyasi bilan shugʻullanishdek masʼuliyatli yumush shunday zoʻravonlarga qolgan boʻlsa.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring