Namanganda I “Oʻzbek botirlari” xalqaro gran-pri turniri boʻlib oʻtmoqda
Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Shu kunlarda Namangan viloyati yirik sport anjumani — erkin va yunon-rum kurash boʻyicha kattalar oʻrtasida I “Oʻzbek botirlari” xalqaro gran-pri turniriga mezbonlik qilmoqda.
Yangi Namangan tumanidagi “Pahlavon” sport majmuasida oʻtkazilayotgan musobaqaning birinchi kunida oʻzbekistonlik polvonlardan tashqari Qirgʻiz Respublikasi, Qozogʻiston, Tojikiston, Rossiyadan kelgan 140 nafar yunon-rum kurashi ustasi olti vazn toifasida bahslarga kirishdi. Murosasiz bellashuvlar yakunida barcha vazn toifasida birinchi oʻrinni hamyurtlarimiz qoʻlga kiritdi. Shuningdek, Qozogʻiston va Qirgʻiz Respublikasi vakillari ham sovrinli oʻrinlarga ega chiqdi.
— Xalqaro turnir bir qator yangi nomlarni kashf etmoqda, — deydi 67 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan namanganlik Shermuhammad Sharibjonov. — Bunday bellashuvlarda epchillik va mahorat oʻz soʻzini aytadi. Gʻoliblikka erishib, ustozlarim, ota-onam va hamshaharlarim ishonchini oqlaganimdan xursandman.
Yakunda gʻoliblikka erishgan polvonlarga oltin medallar va 15 million soʻmdan pul mukofotlari topshirildi. Oʻz vaznida ikkinchi boʻlgan sportchilar kumush medal va 8 million, uchinchi oʻrin sohiblari esa bronza medal hamda 5 million soʻm pul mukofotiga ega boʻldi.
Bugun erkin kurash boʻyicha bahslar boʻlib oʻtmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring