Namanganda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi
Videodan kadr
Namangan viloyati Chust tuman hokimining hududdagi MFYlardan biridagi yordamchisining noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu mansabdor shaxs 2022-yilda “Sadacha” kichik sanoat zonasi hududidan oʻzining qarindoshiga tadbirkorlik bilan shugʻullanish maqsadida ajratib berilgan 43 sotix yer maydonining 20 sotixini hokimiyatdagi tanishlari orqali 1982-yilda tugʻilgan fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 23 ming dollar talab qiladi.
Biroq u oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida DXX hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani hokimining oʻrinbosari oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda hokimlik zaxirasidagi yerni ijaraga berish evaziga fuqarodan 90 mln soʻm talab qilgani uchun qamoqqa olingani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring