Namanganda fuqaro 3,2 mlrd soʻmlik “svet”ni oʻgʻrincha ishlatgani aniqlandi
Namangan viloyatida xonadonlardan biri 3,2 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Energosavdo filiali Namangan boʻlinmasi tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash va tegishli choralar koʻrish yuzasidan hududlarda bir qator reyd tadbirlari oʻtkazilgan.
Ulardan birida Namangan shahar “Gulpora” MFY hududida joylashgan fuqaro A.O.ga qarashli xonadonning elektr energiyasidan foydalanishi koʻrikdan oʻtkazilganda, elektr hisoblagichdan tashqari holda foydalanib kelayotgani aniqlangan. Shundan soʻng tegishli tartibda ushbu holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, xonadon elektr taʼminotidan ajratilgan.
Mazkur noqonuniy foydalanish holati ortidan 3,2 mlrd soʻm hisobga olinmagan elektr energiyasi qiymati qayta hisob-kitob qilinib, toʻplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring