Namanganda faqat eksportga ishlaydigan birinchi erkin iqtisodiy zona tashkil etiladi
Mamlakatimizdagi 22 ta erkin iqtisodiy zonada ishga tushgan 589 ta korxona oʻtgan yili 42 trillion soʻmlik mahsulot chiqargan.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning bor-yoʻgʻi 16 foizi yuqori texnologiyali tovarlar hisoblanadi. Mahsulotlarning atigi 18 foizi tashqi bozorlarga sotilgan, 372 ta korxona umuman eksport qilmagan.
Erkin iqtisodiy zonalardagi korxonalar kiritgan sarmoyasiga qarab imtiyoz olmoqda. Lekin bu mablagʻlar tannarxni pasaytirish, eksportga chiqish uchun xizmat qilmayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Shu bois, endi faqat eksportga ishlaydigan erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilishi belgilandi. Ushbu zonalarda xorijiy brendlar bilan yuqori qiymatli, tashqi bozorlarda talabi bor mahsulotlar ishlab chiqariladi. Xorijiy tajribada ham bu oʻzini oqlagani taʼkidlandi.
Bunday zonaning birinchisi Namanganda tashkil qilinib, toʻqimachilikka ixtisoslashadi.
Iqtisodiy kompleks rahbarlariga erkin iqtisodiy zonalar boʻyicha mavjud tizimni qayta koʻrib chiqib, ularni eksportga ixtisoslashtirish boʻyicha taklif kiritish topshirildi.
Oʻtgan yilda yangi yondashuv asosida 12 ta texnopark xorijiy korxonalar boshqaruviga berildi. Ushbu hududlarda 2,5 milliard dollarlik 27 ta loyiha joylashtirildi.
Bunday texnoparklar Turkiya kompaniyalari bilan Zangiotada, Tatariston bilan Karmanada, Xitoy bilan Andijon, Karmana tumanlari, Olmaliq, Chirchiq, Zarafshon, Qoʻqon va Toshkent shahrida tashkil qilinmoqda.
Mutasaddilarga xorijiy investorlarni topib, mavjud iqtisodiy zonalarning boʻsh hududlarida texnopark tashkil qilish boʻyicha taklif kiritish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring