Namanganda ellik kun davom etgan gul sayli nihoyasiga yetdi

Qudratilla NAJMIDDINOV/“Xalq soʻzi”. Bahorning soʻnggi kunlarida boshlangan 64-Xalqaro gullar festivali nafosat oshuftalariga eng zavqli tomoshalarni hadya etish barobarida Namangan viloyatining oʻziga xos madaniy va sayyohlik anʼanasiga aylanganini yana bir bor tasdiqladi.
Anjuman doirasida koʻhna va navqiron shaharga tashrif buyurgan mehmonlar soni 7 million nafardan oshdi. Bobur nomli madaniyat va istirohat bogʻidagi koʻrgazmalar, madaniy tadbir hamda koʻngilochar dasturlardan dillar yayradi. Festival davomida uning ishtirokchilariga 8 trillion soʻmlikdan ziyod savdo va pullik xizmatlar koʻrsatildi.
Kecha oqshom Davlatobod tumanidagi “Yangi Oʻzbekiston bogʻi”da festivalning tantanali yopilish marosimi oʻtkazildi. Tadbirda festivalda munosib ishtirok etgan tumanlar, korxona va tashkilotlar, gulchilar munosib ragʻbatlantirildi. Bir qator yoʻnalishlar boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritgan uch jamoaga bosh sovrin – zamonaviy avtomashinalar topshirildi. Boshqa faol ishtirokchi tashkilot va yakka tartibdagi gulchilar esa qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
— Bu yil festival miqyosi gullar shahridan chiqib, tumanlardagi mahallalargacha yoyildi, — deydi Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “Istiqlol” MFY raisi Muqaddas Toʻraboyeva. — 200 dan ortiq yigʻinlar ishtirok etgan “Eng gulzor va obod mahalla” koʻrik-tanlovida birinchi oʻrin va 100 million soʻm pul mukofoti bizning mahallamizga nasib etdi.
Festival yakuniga bagʻishlangan tantana sanʼat ustalarining katta konsert dasturi va katta mushakbozlik bilan koʻtarinki ruxda nihoyasiga yetdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring