Namanganda Damas avtomashinasi 68 yoshli piyodani urib yubordi
2-oktabr kuni Damas Namangan shahrining Davlatobod tumanida 68 yoshli fuqaroni urib yubordi. Bu haqda IIV viloyat boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 61 yoshli Namangan shahrida yashovchi fuqaro Damas rusumli avtomashinani boshqarib, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlay olmagan va yoʻlni kesib oʻtayotgan 68 yoshli piyodani urib yuborgan.
Yoʻl-transport hodisasi natijasida jabrlanuvchi tan jarohati olib, kasalxonada vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini buzish yoki transport vositalarini ishlatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring