Namanganda 9-sinf oʻquvchilari janjallashdi

17:54 21 Fevral 2026 Jamiyat
171 0

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab oʻquvchilari oʻrtasida janjal sodir boʻlgani aks etgan videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, shu yilning 19-fevral kuni soat 21:30 larda Kosonsoy tumani “A.Navoiy” mahallasida joylashgan “Ulugʻchinor” madaniyat va istirohat bogʻi oldida tumanning 9-sonli umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida janjal sodir boʻlgan.

Bildirilishicha, oʻquvchilar oʻzaro ikki kun avvalgi futbol oʻyinini muhokama qilish jarayonida, ushbu oʻyin tasvirlari “Instagram” ijtimoiy tarmogʻi sahifasiga joylangani sababli gap talashib, oʻzaro janjallashib ketgan.

Viloyat IIBning maʼlum qilishicha, barcha oʻquvchilarning shaxsiga oydinlik kiritilgan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar aniqlanmagan. Oʻquvchilarning mazkur xatti-harakatlari ota-onalari hamda oʻqituvchilari ishtirokida muhokama qilinib, profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tumani Ichki ishlar boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер