Namanganda 718 gramm gashish yashirilgan xonadon fosh etildi
Foto: Namangan IIB
Namangan viloyati Yangi Namangan tumanida yashash xonadonida giyohvandlik vositasi saqlagan shaxslar qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 2-dekabr kuni Namangan viloyati IIB TQX JQB, DXX va Bojxona boshqarmalarining tezkor xodimlari hamkorligida Yangi Namangan tumani hududida tezkor-qidiruv tadbiri oʻtkazilgan.
Unda Yangi Namangan tumanining “Guliston” mahallasida yashovchi 1995-yilda tugʻilgan M.S. va 1976-yilda tugʻilgan Y.A.ning yashash uyida oʻtkazilgan tintuv davomida sof ogʻirligi 718 gramm boʻlgan “gashish” giyohvandlik moddasi topilib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ayblanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring