Namanganda 36 yoshli erkak notoʻgʻri muolaja sabab vafot etgani aytilmoqda

13:14 03 Aprel 2025 Jamiyat
198 0

Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Pop tumanidagi shifoxonada 36 erkak yoshli notoʻgʻri jarrohlik amaliyoti oqibatida vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yil 27-mart kuni Pop tumani IIB navbatchilik qismiga “Chinor” mahallasida yashagan 36 yoshli X.K. tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgani haqidagi xabar kelib tushgan.

Aniqlik kiritilishicha, X.K. oʻzi faoliyat yuritib kelgan fermer xoʻjaligiga qarashli traktor tirkamasidan joriy yil 13-mart kuni yiqilib tushib tan jarohati olgan va tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan. Tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiya boʻlimida oʻtkazilgan jarrohlik amaliyoti va tibbiy muolajalarga qaramasdan, 27-mart kuni vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Shuningdek, shifokorlarning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Hozirda Pop tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda. Holat Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?