Namanganda 19 yoshli yigit “Nexia-3”da daraxtga urilib, yonib ketdi
Foto: Namangan FVB
Namangan shahrida “Nexia-3” rusumli avtomobil yoʻl-transport hodisasiga uchrab, yonib ketishi oqibatida haydovchi vafot etdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 25-may kuni soat 20:49 larda Namangan shahar “Yangi asr” MFY hududidan oʻtgan 4R-112 avtomobil yoʻlining 87 kilometrida sodir boʻlgan. Oʻsha kuni 19 yoshli fuqaro “Nexia-3” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yoʻlning oʻng chetiga chiqib ketib, archa daraxtiga urilgan.
YTH oqibatida avtomashinada yongʻin yuz bergan, hodisa yuzasidan FVBga xabar berilgach yongʻin-qutqaruv ekipaji hodisa joyiga soat 21:03 da yetib borib, yongʻinni 21:05 da fuqarolar bilan birga bartaraf etgan.
YTH va undan soʻng yuzaga kelgan alanga oqibatida avtomashina toʻliq yonib zararlangan, haydovchi voqea joyida vafot etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring