Namanganda 17 yoshli oʻquvchi boshqargan “Gentra” YTHga uchradi

16:07 07 Oktyabr 2024 Jamiyat
253 0

Foto: Videodan kadr

Namangan shahrida ichida maktab va texnikum oʻquvchilari boʻlgan “Gentra” yoʻl-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda “Avtopatrul+” dasturida xabar berildi.

Maʼlum qilinishicha, hodisa 2-oktyabr kuni soat 11:00 lar atrofida shaharning Margʻilon koʻchasida sodir boʻlgan. 5 nafar oʻquvchi “Gentra” mashinasini ijaraga olib, katta tezlikda boshqarib borayotganida yoʻlning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan. Yoʻl oʻrtasidagi beton toʻsiqdan oshib oʻtgan mashina ZIL'ga borib urilgan.

YTH oqibatida rul boshqaruvida boʻlgan, 17 yoshli oʻsmir vafot etgan. Shuningdek, 2007-yilda tugʻilgan 3 nafar hamda 2009-yilda tugʻilgan 1 nafar oʻsmir ogʻir tan jarohati olib, RSHTYOIM Namangan viloyati filiali jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.

Markaz shifokorining bildirishicha, ulardan birida klinik oʻlim holati kuzatilgan va koʻrsatilgan tibbiy yordam tufayli hayoti saqlab qolingan. Hozirda ularning barchasi koma holatida va sunʼiy nafas olish apparatiga ulangan.

Viloyat IIB YHXB hodisa yuzasidan hali rasmiy munosabat bildirgani yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер