Namanganda 15 mahallaning ichimlik suv taʼminoti yaxshilanadi
Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Davlatimiz rahbarining 2024-yilda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi maxsus qarori bilan Namangan viloyatiga ham 105 mlrd. soʻm mablagʻ ajratildi. Ushbu mablagʻlar evaziga mahallalar boʻyicha ishlab chiqilgan 158 ta loyiha asosida eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, joylarda ichki yoʻllar, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz taʼminotini yaxshilash orqali aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish belgilangan.
— Birgina bizning soha boʻyicha 36 mlrd. soʻm mablagʻ hisobiga 15 ta mahallada 55,8 kilometr ichimlik suvi, 6 kilometr oqova suv tarmogʻi hamda 2 ta suv inshooti quriladi, — deydi “Namangan suv taʼminoti” aksiyadorlik jamiyati rahbari Ilhomjon Shiranov. — Ayni paytda hududlarda istiqomat qilayotgan 2693 xonadonga toza obi hayot kirib, 13689 nafar aholi kafolatlangan ichimlik suvidan foydalana boshlaydi. Oʻz navbatida, viloyat boʻyicha ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasi 82,7 foizdan 84,9 foizga koʻtariladi.
Qarorda koʻzda tutilgan manzillarda amaliy ishlar boshlab yuborildi. Pudratchi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlarini oʻz vaqtida sifatli bajarishi uchun qatʼiy nazorat oʻrnatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring