Namangan tekstil kompaniyasi Rossiyada doimiy savdo nuqtasini ochdi
Gullar shahrida faoliyat koʻrsatayotgan tekstil korxonalari xalqaro standartlarga mos mahsulotlari bilan jahon bozoriga tobora jadal kirib bormoqda. Viloyat markazidagi “Aisha Home Textile” toʻqimachilik kompaniyasi yaqinda Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida oʻzining rasmiy savdo uyini ochdi. Korxona yiliga qariyb 12 ming tonna tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu yerda ichki bozor talabi toʻliq taʼminlanib, eksport koʻlami bosqichma-bosqich kengaytirib borilmoqda.
Bugungi kunga kelib kompaniya AQSH, Polsha, Moldova, Ruminiya, Italiya, Isroil kabi 16 davlat bilan savdo aloqalarini yoʻlga qoʻygan boʻlib, yillik eksport hajmi 25 million dollardan oshadi.
— Boshqirdistonda tashkil etilgan yangi savdo markazi oʻzbek mahsulotlari uchun mintaqada barqaror platforma yaratadi, — deydi “Aisha Home Textile” rahbari Jobirxon Kamoliddinov. — Bu yerda olib boriladigan faoliyat mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri isteʼmolchiga yetkazish, logistika xarajatlarini optimallashtirish, shuningdek, talab va bozor oʻzgarishlarini tezkor oʻrganish imkonini beradi.
Kompaniya xorijda yoʻlga qoʻyilgan loyihaning ikkinchi bosqichida Ufa shahrida kostyum-shim hamda erkaklar kiyimi ishlab chiqaradigan yirik korxonalar uchun savdo uylarini tashkil etishni rejalashtirgan. Ushbu tashabbus oʻzbek yengil sanoati mahsulotlarining Rossiya bozoriga tizimli va keng koʻlamda yoʻnaltirilish imkoniyatini yanada oshirishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring